- Жамият, Ислоҳот, Маънавият, Қарор ва ижро   287

BARCHA TASHKILOT VA KORXONA RAHBARLARIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga barcha tizim va sohalarda munosib tayyorgarlik ko‘rishni nazarda tutib hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2021-yil 1-iyul kuni imzolangan 30/1-2308-sonli topshiriq xati ijrosini taʼminlash uchun joriy yilning 1-avgust kuniga qadar:
– tumanimizdagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va eʼlonlar;
– barcha turdagi ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida (tuman hokimligi namunasidagi holatda) bo‘lishini taʼminlashingiz so‘raladi.

Nargizaxon OBIDOVA,
tuman hokimining maslahatchisi.