- Жамият, Маънавият, Қарор ва ижро   157

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 – yilligi munosabati bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari Mirzoxid Xatamov, Saidaxon Usmonoval hamda tumandagi faxriy ijodkor ustozlar, umumta’lim maktablarining til adabiyoti fani o‘qituvchilari va adabiyotga mehr qo‘ygan o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar. 
Bugungi tadbirda 16 – umumta’lim maktabining iste’dodli o’quvchilari tomonidan ona tilimizga bag’ishlangan she’r va badiiy chiqishlar va  28 – bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar, diltortar taronalar namoyish etildi. Tadbir davomida namoyish etilgan har bir chiqishlar insonni o’ziga rom etib, o’zgacha huzur baxsh etdi. 

29 – umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot o’qituvchisi Dilshodbek Masobirov ishtirokchilar o’zbek tili tarixi va bugungi kundagi roli haqidagi ma’ruzasida aytilgan ma’lumotlar tadbir ishtirokchilariga yangicha ma’lumotlar ulashdi.

YOZYOVON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI